O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi 708-IV-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarni va Vatanga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish, bugungi kunda respublika hududlarining urf-odatlari va milliy an’analarini asrab avaylash hamda ularni targ‘ib etish maqsadida “Milliy qadriyatlar – tamaddun poydevori” shiori ostida seminar tashkil etildi. Seminarda tumandagi 1-sonli, 5-sonli, 10-sonli, 11-sonli, 12-sonli, 13-sonli, 14- hamda 15-sonli DMTT xodimlari hamda tarbiyalanuvchilari turli millat va elatlarning milliy urf-odat hamda qadriyatlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar. Jumladan, 1-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan O‘zbek milliy urf-odatlaridan bolaga alla aytish jarayonidan, 10-sonli DMTT tarbiyalanuvchilar tomonidan “Salomlashish odobi” yuzasidan, 11-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan Qozoq milliy urf-odatlaridan, 13-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan tojikcha mehmon kutish odobi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolajonlar turli millat kuy va qo‘shiqlariga raqsga tushdilar, shundan so‘ng turli millat vakillarining milliy liboslari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bolajonlar turli millat va elatlarning milliy qadriyatlari haqida kengroq tushunchaga ega bo‘ldilar.