Dush - Jum 09:00 - 17:00 +988-00-000-00-00uchquduqmtb@umail.uz

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ochilishi bo‘lib o‘tdi

Uchquduq tumanida 2021 yil 17 dekabr kuni 4 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ochilishi bo‘lib o‘tdi. 4 ta ONMTTlari 88 nafar tarbiyalanuvchini o‘z bag‘riga oldi. “Abay” MFYda YaTT Usmonova Malika «Happy kids» (Quvnoq bolalar) nomli 16 o‘rinli, “Y o‘lchilar” OFYda YaTT Umarov Asror «Dono bolajon» nomli 22 o’ringa mo’ljallangan ONMTT, YaTT Daminov Fazliddin “Odvonchik” (Moychechak) nomli 25 o‘rinli hamda yana ushbu OFYda YaTT Sattorova Munira «Qaldirg‘och» nomli 25 o‘ringa mo‘ljallangan ONMTTlari tashkil etilib faoliyatini bugungi kundan boshladi.
Ochilishda tuman hokimi S.F.Hamroyev, tuman prokurori, tuman IIB, tuman milliy xavfsizlik, maktabgacha taʼlim b o‘limi, DMTT direktorlari, Nuroniylar jamg‘armasi, mahalla raisi hamda faollari ishtirok etdi.