Uchquduq tumani MTB ga qarashli 2-sonli DMTT da 1-iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan 1 -iyun kuni «Bolalarga bering dunyoni» shiori ostida «Bolalar kulgusi tutsin dunyoni» nomli bayram tadbiri tashkil etilib, bolajonlarga bayramona kayfiyat, quvonch ulashildi. Bayram dasturiga tashrif buyurgan ertak qahramonlari bolajonlarni yanada xursand qildi. Tashkil etilgan bayram dasturiga Uchquduq tuman hokimi Hamroyev Soli Farmonovich tashrif buyurib, bolajonlarni bayram bilan tabriklab, o‘z samimiy tilaklarini bildirib, bolajonlarga sovg‘alar ulashdi.