Dush - Jum 09:00 - 17:00 +988-00-000-00-00uchquduqmtb@umail.uz

O’quv seminari

Uchquduq tuman MTBga qarashli 10-sonli DMTTda 2022-yil 21 oktyabr kuni «Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar va xodimlarga shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish» mavzusida tuman amaliy o’quv seminari bo’lib o’tdi. Seminarda MTB mudiri D.G’aybullaeva, tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi sanitariya gigiena bo’lim mudiri A.Amanov, DMTT direktorlari va hamshiralar ishtirok etdi. Hamshiralar shoshilinch holatlarda birinchi yordam berish usullarini amalda ko’rsatib o’tib, hamshira ish hujjatlarini yuritish tartibi to’g’risida ma’lumotlar batafsil tushuntirildi. Shuningdek, SEO xodimi A.Amanov tomonidan «Ovqatdan zaxarlanish» mavzusida seminar ishtirokchilariga ma’lumotlar berib o’tdi.