Dush - Jum 09:00 - 17:00 +988-00-000-00-00uchquduqmtb@umail.uz

Hamshiralari o‘rtasida ko‘rik-tanlov

Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022-yil 24-oktabrdagi “Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining hamshiralari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi ko‘rik-tanlovini o‘tkazish haqida”gi 01-03/3-698-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, Uchquduq tuman MTB tasarrufidagi DMTT hamshiralari o‘rtasida “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi ko‘rik-tanlovini tuman bosqichi 6-sonli “Jasulan” nomli DMTT da bo‘lib o‘tdi. Tanlovda faxrli 1-o‘rinni 10-sonli DMTT hamshirasi M.Rizoyeva, 2-o‘rinni 5-sonli DMTT hamshirasi M. Botirova va 8-sonli DMTT hamshirasi G.Karbayeva, 3-o‘rinni 4-DMTT hamshirasi J.Kazaxbayeva va 6-sonli DMTT hamshirasi A.Qayerbayevalar qo‘lga kiritdi. Ko‘rik tanlovda o‘rin olgan hamshiralar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Tanlovda ishtirok etgan barcha hamshiralarga tashakkurnoma va sovg‘alar berildi.