14-sonli “ERTAK” bog’chasiga qadam qo’ygan kichkintoylar o’zlarini go’yo ertaklar olamiga tushib qolganday his qilishadi.Boisi, Uchquduq tumani markazidagi “ERTAK” nomli 14-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida zamonaviy ko’rinish kasb etdi.Mazkur ta’lim muassasasi o’tgan asrning 80 yillarida qurilgan bo’lib, shu yillar mobaynida kapital ta’mirlanmagandi.Bugun haqiqatdan ham ertaklar olamiga aylangan bog’chada 360 nafar kichkintoy ta’lim-tarbiya olmoqda.Qurilish va ta’mirlash ishlarini 6 mlrd. 522 mln. so’m mablag’ evaziga “Bahora qurilish kelajagi” XK quruvchilari olib borishgan.