Dush - Jum 09:00 - 17:00 +988-00-000-00-00uchquduqmtb@umail.uz

«Buyuklar siymisi mangu bar hayot»

✅Uchquduq tumandagi 1- son DMTTda «Maktabgacha ta’lim tashkilolari uchun takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o’quv dasturini amaliyotga keng joriy etish , metodik va didaktik materiallarni mazmunini takomillashtirish ” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
🔰Unda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining metodisti S.Salimovna va tumandagi barcha DMTT direktori va pedagog xodimlari tashrif buyurdi.
Tayyorlov guruhi tarbiyachisi H. Xudoyorovna, katta guruh tarbiyachisi G.Xayrullayeva va ingliz tili o’qtuvchisi G. Oynarovalar tomonidan Markazlardagi faoliyat va didaktik o’yinlarning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘rni va ahamiyati mavzularida ta’limiy o’yinlar tashkil etildi.
🔰Shuningdek, seminarda «Buyuklar siymisi mangu bar hayot»nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
✨Tadbirda tarbiyalanuvchilar tomonidan buyuk shoirning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.
⚡️ Buyuk allomalarning hayot yoli tasvirlangan sahna ko‘rinishlari mahoratli pedagog tomonidan namoyish etildi