Uchquduq tuman MTB tasarrufidagi 14-DMTTda tarbiyalanuvchilarning ma’naviy va maroqli dam olishlari uchun “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” shiori ostida DMTTning iqtidorli va iste’dodli pedagog xodimlari ishtirokida “Zumrad va Qimmat” òzbek xalq ertagi namoyish etildi. Ertak qahramonlarining sarguzashtlari bolajonlarga cheksiz quvonch baxsh etdi. Bolajonlar ertakni kòrish orqali yaxshilik va yomonlik tushunchalarini farqlashni òrgandi.